“Energiya resurslaridan foydalanishda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sohada samarali nazoratni tashkil etishda innovatsion yondashuvlar” bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi

“Energiya resurslaridan foydalanishda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sohada samarali nazoratni tashkil etishda innovatsion yondashuvlar” bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi  mamlakatimizdagi sohadagi amaliyotchi mutaxassislar, shuningdek barcha oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarining xodimlari (Akademiya xodimlari bundan mustasno), tadqiqotchilari va talabalari uchun “Energiya resurslari (elektr energiyasi va tabiiy gaz) dan foydalanishda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sohada samarali nazoratni tashkil etishda innovatsion yondashuvlar” nomli tanlov e’lon qiladi.

Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

1-o‘rin uchun 20 mln. so‘m;

2-o‘rin uchun 15 mln. so‘m;

3-o‘rin uchun 10 mln. so‘m.

Talabgorlar uchun tanlov shartlari:

- tanlov mavzusi doirasida hajmi 3-5 betdan oshmagan ilmiy-amaliy tahlillarga asoslangan takliflar tayyorlash;

- amaliyotdagi muammo va huquqbuzarliklarni misollar yordamida tahlil qilish;

- huquqbuzarliklar shakllari va ko‘rinishlarini bayon qilish hamda ularning oldini olish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash;

- takliflarni tayyorlashda ilg‘or xorijiy tajribaga asoslanish;

- tahlil va takliflarni 2024-yil 10-dekabrga qadar Akademiyaning n.azizov@proacademy.uz elektron pochtasiga (MS word yoki PDF shaklda) yuborish.

Ishtirokchilarning takliflari Akademiya tomonidan baholanadi va natijalar 10 ish kuni ichida e’lon qilinadi.

Izoh: elektron fayl titul sahifasida ishtirokchi haqidagi batafsil ma’lumotlar (F.I.Sh, manzili, ish joyi (lavozimi) yoki o‘qish joyi (ta’lim yo‘nalishi, kursi), telefon raqami) ko‘rsatilishi zarur.

Murojaat uchun tel: 71-202-04-96 (ichki 1915), +99890-589-56-00,

E-pochta: n.azizov@proacademy.uz (Nasimbek Azizov).