Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish, kiberxavfsizlik borasida yoshlarning xabardorligini oshirish maqsadida Akademiyada “Kiberjinoyat va zamonaviy kibertahdidlar” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbirda Akademiyaning Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti, Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti kiberxavfsizlik markazi va Yunusobod tumani IIB mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Axborot texnologiyalari yordamida virtual maydonda huquqbuzarlik va jinoyatga qo‘l urgan shaxslar orasida yoshlar ko‘pchilikni tashkil etishi, ularning aksariyati 16-23 yosh oralig‘idagi o‘smir-yoshlarni tashkil etishi yoshlar orasida kiberxavfsizlikni ta’minlash va kiberjinoyatlar profilaktikasini bugungi kun tartibiga olib chiqqani soha ekspert mutaxassislari tomonidan ta’kidlandi.
Yetakchi amaliyotchi mutaxassislar global taraqqiyot sharoitida kiberxavfsizlikni ta’minlashning muhim jihatlari, internet tarmog‘i orqali sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, shuningdek kibergigiyena borasida tadbir ishtirokchilariga atroflicha ma’lumotlarni berib o‘tdilar.