Prokuratura organlari xodimlari o‘rtasida ilmiy-ijodiy tanlovlar davom etmoqda

Prokuratura organlari xodimlari o‘rtasida ilmiy-ijodiy tanlovlar davom etmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Mamlakatimizda qonun ustuvorligi va prokuratura organlarining aholi bilan yanada yaqin hamkorligini ta’minlashda xodimlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–170-son Qarori ijrosi yuzasidan Akademiyada prokuratura organlari xodimlari o‘rtasida ilmiy-ijodiy tanlovlarning yakuniy natijalarini baholash bo‘yicha hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi.

Hay’at yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim attestatsiyasi yurisprudensiya yo‘nalishi ekspertlar kengashi raisi, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, IIV Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universitetidan mutaxassislar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda “Milliy nashrlarda chop etilgan eng yaxshi ilmiy maqola”, “Xorijiy ilmiy nashrlarda chop etilgan eng yaxshi ilmiy maqola” hamda “Eng faol huquq targ‘ibotchisi” tanlovlarida ishtirok etish uchun kelib tushgan 56 nafar talabgorlarning hujjatlari ko‘rib chiqilib, ularni baholash bo‘yicha tegishli ishchi guruhlar shakllantirildi.

O‘z navbatida, tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad mamlakatimizda prokuratura organlari xodimlarning qonun ustuvorligini ta’minlashda ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish ekanligini inobatga olib, hay’at a’zolari tomonidan bu kabi tanlovlarda xodimlarning ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surildi.