Akademiya professor-o‘qituvchilari salohiyatini oshirish bo‘yicha seminar-trening

Akademiya professor-o‘qituvchilari salohiyatini oshirish bo‘yicha seminar-trening


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va metodikalarni joriy etish ishlari izchil va tizimli davom ettirilmoqda.

Mazkur faoliyat doirasida Toshkent shahridagi Xalqaro Nordik universiteti Pedagogika kafedrasi dotsenti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, S.X.Shomurodova tomonidan “Pedagogning nutq texnikasi va notiqlik madaniyati” mavzusida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda o‘qituvchining nutq texnikasi tushunchasi, nutq texnikasining tarkibiy qismlari, nutq texnikasini hosil qiluvchi omillar, notiqlik madaniyati va uning mazmun-mohiyati, nutq shakllari va ularni qo‘llash texnikasi, o‘qituvchi nutqining ta’sirchanligini oshirish yo‘llari, nutq madaniyatini rivojlantirish haqida batafsil ma’lumot berildi.

Trening davomida qatnashchilarning faol ishtirokida notiqlik madaniyatini rivojlantirishga oid mashqlar bajarildi.

Seminar-trening so‘ngida mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.