Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Yaponiyaning JICA tashkiloti tomonidan Yo‘l harakati xavfsizligi loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida 2025-yil mart-aprel oylarida Toshkent va Yangiyo‘l shahrida o‘quv muassasalari oldida yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish rejalashtirilgan.
Qurilish ishlari doirasida maktablar oldidagi tezlikni kamaytirish uchun maxsus yo‘l qoplamalarini o‘rnatish, yangi yo‘l chiziqlarini chizish va maktab hamda piyodalar o‘tish joylari yaqinida avtotransport vositalarini to‘xtatishning oldini olishga qaratilgan yo‘l jihozlarini o‘rnatish kabi vazifalar bajariladi.
Yuqoridagi ishlarni bajarish bo‘yicha tajribaga ega qurilish tashkilotlari mazkur tenderda ishtirok etishga taklif etiladi. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilishning so‘nggi muddati 2025-yil 10-yanvar kuni soat 18:00 gacha. Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qiling: 712020496 (1774), 934102610, 957504545