“Axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan firibgarlik va o‘g‘irlik jinoyatlariga qarshi kurashish: muammo va yechimlar” mavzusidagi konferensiya o‘tkazildi

“Axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan firibgarlik va o‘g‘irlik jinoyatlariga qarshi kurashish: muammo va yechimlar” mavzusidagi konferensiya o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan firibgarlik va o‘g‘irlik jinoyatlariga qarshi kurashish: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya ishida yuqorida qayd etilgan idoralardan tashqari Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi bo‘linmalari surishtiruvchi va tergovchilari, Farg‘ona viloyati prokuraturasi mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi IIV Kiberxavfsizlik markazi, IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi, IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi, TATU Farg‘ona viloyati filiali vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari M.Mamasiddiqov, Akademiya huzuridagi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti boshlig‘i G‘.Musayev va  ushbu Institut bo‘lim boshlig‘i B.Qudratov ma’ruza bilan ishtirok etdilar.

Konferensiya ishi doirasida ekspertlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda  sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi samarali yechimlar va ijobiy tajriba bilan o‘rtoqlashdilar,  shuningdek tadbir ishtirokchilari kiberxavfsizlikni ta’minlash borasida idoraviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.