Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan Toshkent shahridagi barcha boshqaruv servis kompaniyalarining elektrotexnik xodimlari uchun “Energiya resurslaridan samarali foydalanish va ular xavfsizligini ta’minlashning dolzarb masalalari” mavzusida o‘quv kursi tashkil etildi.
Mazkur o‘quv kursi davomida Akademiya, Toshkent davlat texnika universitetining professor-o‘qituvchilari hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining malakali mutaxassislari tomonidan ko‘p qavatli uylardagi lokal qozonxonalarga xizmat ko‘rsatish, energiya tejamkor uskunalar bilan ishlash, suv nasoslarining energiya tejamkorligini ta’minlash usullari va boshqa dolzarb mavzular bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘quv kursi yakuniga ko‘ra ishtirokchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.