O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan e’lon qilingan “Energiya resurslari (elektr energiyasi va tabiiy gaz) dan foydalanishda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sohada samarali nazoratni tashkil etishda innovatsion yondashuvlar” tanlovi yakunlandi.
Tanlov uchun taqdim etilgan ishlarni baholash uchun tanlov komissiyasi tuzilib, ishlar shifrlangan holda komissiya a’zolari tomonidan tegishli baholash mezonlari asosida ko‘rib chiqildi.
Baholash natijalariga ko‘ra, 2 nafar talabgor: Namangan muhandislik-qurilish instituti 4-bosqich talabasi I.Nazarov va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Tergov faoliyati” magistratura mutaxassisligi tinglovchisi N.Asqarov g‘olib deb topildi.
Izoh: tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlarga natijalar e’lon qilingan kundan keyingi ish kuni davomida Akademiya boshlig‘i nomiga apellyatsiya shikoyatini n.azizov@proacademy.uz elektron pochtasi orqali berish huquqi mavjudligi ma’lum qilinadi.