Huquqni muhofaza qilish akademiyasida bojxona organlari tergovchilari uchun “Bojxona organlarida surishtiruvni tashkil etish va amalga oshirish masalalari” mavzusida malaka oshirish kursi boshlandi.
Kurs dasturi bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jinoyatlarini tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, taftish tayinlash va uni o‘tkazish, tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan jinoyat protsessida foydalanishni tashkil etish, kontrabanda jinoyatlarini tergov qilish metodikasi, Internetning yashirin (Darknet) va chuqur tarmoqlarda sodir etiladigan asosiy jinoyatlar, bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishdagi muammolar va boshqa masalalarni o‘z ichiga olgan.
Malaka oshirish kursi O‘zbekiston Respublikasining jinoyat-protsessual qonunchiligiga kiritilgan oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlar, ochiq ma’lumotlar bazalari va resurslardan dalillarni to‘plash (OSINT) imkoniyatlaridan amaliy foydalanish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasining ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy asoslariga oid tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga yo‘naltirilgan.