Akademiyada Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150-yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Akademiyada Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150-yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi


Bugun Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Bosh prokuratura vakillari bilan birgalikda buyuk ma’rifatparvar, mutafakkir va Markaziy Osiyoda jadidchilik asoschilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy ma’rifat va ijtimoiy taraqqiyotga intilish timsoliga aylandi. Uning ta’lim sohasidagi islohotlar, madaniyatni rivojlantirish va fuqarolar o‘rtasida huquqiy ongni yuksaltirish borasidagi g‘oyalari bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda.

Tadbirda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Bosh prokuratura rahbariyati vakillari so‘zga chiqib, Behbudiy merosining huquqiy madaniyatni shakllantirish va yangi avlodni tarbiyalashdagi ahamiyatini ta’kidladilar. Buyuk ma’rifatparvar biografiyasi va faoliyatining asosiy jihatlari hamda uning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi yoritilgan.

Talabalarda mamlakatning huquqiy kelajagi uchun mas’uliyat hissini tarbiyalash mavzusiga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar Mahmudxo‘ja Behbudiyning adolatli va ma’rifatli jamiyatni shakllantirishga qaratilgan g‘oyalari huquqiy ta’limga zamonaviy yondashuvlarda o‘z aksini topayotganini ta’kidladilar.

Tadbir doirasida Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli  film namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi talabalari va prokuratura xodimlari munozaralarda ishtirok etib, Behbudiy g‘oyalarining odil sudlov va ta’lim tizimi oldida turgan zamonaviy muammolar kontekstida dolzarbligini muhokama qildilar.

Tadbir ta’lim va huquqni muhofaza qilish tuzilmalarining tarixiy xotirani asrash, huquqiy ongni mustahkamlash va milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish borasidagi hamkorligining yorqin namunasi bo‘ldi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Huquqni muhofaza qilish akademiyasida shunga o‘hshash tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.