Hududlarda kriminogen vaziyatni ilmiy yondashuv asosida o‘rganish ishlari

Hududlarda kriminogen vaziyatni ilmiy yondashuv asosida o‘rganish ishlari


Jinoyatlarni uning turlari kesimida tahlil qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini uslubiy va konsultativ ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.

Mazkur yo‘nalishda Akademiya tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilib, respublikamiz hududlarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ye.V.Kolenko boshchiligida Akademiyaning bir guruh xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari tashkil etildi.

Hududlarda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, “mahalla yettiligi”, jamoatchilik vakillari ishtirokida mazkur qaror mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

Akademiya vakillari tomonidan ishchi guruhlar tarkibida viloyat mahallalaridagi kriminogen vaziyat, sodir etilgan jinoyatlarning asl sabablari, omillari va shart-sharoitlari bevosita joyiga chiqilgan holda ilmiy yondashuv asosida o‘rganish ishlari olib borildi. Qashqadaryo viloyati hududlarida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash va aholi tinchligini ta’minlashda amalga oshirilayotgan ishlar bilan bevosita tanishildi.

O‘rganish natijalari yuzasidan boshlang‘ich xulosalar umumlashtirildi va tahlillar natijasida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish sohasiga oid faoliyatni takomillashtirish, bu borada idoralararo hamkorlikni rivojlantirish, mavjud akademik va ilmiy ishlanmalar xulosalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan taklif-tavsiyalar ishlab chiqiladi.