Talabalar kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi

Talabalar kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi


Akademiyada “Dual ta’lim tizimida bitiruvchilarda zamonaviy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish masalalari” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmalarining kadrlar bilan ishlashga mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Akademiya bakalavriatining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi 3-kurs talabalari uchun dual ta’lim tizimi asosida ish o‘rganish amaliyotini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Dual ta’lim tizimi asosida tashkil etiladigan amaliyot davomida talabalarga huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatida protsessual hujjatlarni rasmiylashtirish, kuch ishlatish, maxsus vositalar va o‘qotar qurollarni qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratildi.