UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv

UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv


Akademiyada BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari R.Kastijio boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda hamkorlik istiqbollari, shu jumladan voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish sohasida xodimlar salohiyatni oshirish, qo‘shma tadqiqot va loyihalarni amalga oshirish, o‘quv seminarlari va treninglarni tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarorida belgilangan vazifalarga alohida e’tibor qaratilib, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan yoki ular ishtirokidagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va manzilli profilaktika tizimini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan ilmiy metodikalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish muhimligi qayd etildi. Xususan, UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etilgan, voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy innovatsiyalar va ijtimoiy tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan «UPSHIFT» ta’lim dasturining ahamiyati e’tirof etilib, kelgusida respublika hududlarida davom ettirish masalasi ko‘rib chiqildi.

UNICEF vakolatxonasi rahbari R.Kastijio tomonidan Akademiya faoliyati va olib borilayotgan ishlar yuqori baholandi.