O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Fan soati doirasida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist, OAK yuridik fanlar bo‘yicha ekspert kengash raisi, yu.f.d., professor Z.Esanova tomonidan “Ilm-fanni rivojlantirishda to‘siq bo‘layotgan subyektiv va obyektiv omillar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jamoat xavfsizligi universiteti xodimlari, doktorant, mustaqil izlanuvchilar va boshqa ilmiy jamoatchilik vakillari qatnashishdi.
Tadbir davomida ekspert tomonidan bugungi kunda ilm-fanni rivojlantirishda to‘siq bo‘layotgan subyektiv va obyektiv omillar sanab o‘tildi.
Xususan, dissertatsiya tuzilishiga oid muammolar, plagiat natijalarini baholashga oid muammolar, tutash ixtisosliklarni yanada soddalashtirish, tarmoqlararo tadqiqotlarni ko‘paytirish, tadqiqot natijalarini e’lon qilishga doir muammolar, ilmiy yangiliklarni sinovdan o‘tkazish jarayoni bilan bog‘liq muammolar, opponentlik taqrizlarini olish va baholash bilan bog‘liq talablar va zamonaviy ixtisosliklarni joriy etish kabi masalalar muhokama qilinib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha ishtirokchilar tomonidan asoslantirilgan takliflar bildirildi.
Shuningdek, tadbir davomida ekspert tomonidan ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilarga muvaffaqiyatli himoya uchun tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.