Ilmiy yondashuv asosida hududlarda kriminogen vaziyatni o‘rganish ishlari davom etmoqda

Ilmiy yondashuv asosida hududlarda kriminogen vaziyatni o‘rganish ishlari davom etmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha metodik va maslahat yordami ko‘rsatish doirasida mamlakat hududlarida ilmiy yondashuvlar asosida kriminogen muhitni o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning yanvar oyidan boshlab Akademiya rahbariyati va xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi PQ–1-sonli "2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda, Akademiya mutaxassislari hududlarga tashrif buyurib, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi sabablar hamda har bir qizil va sariq toifadagi mahalladagi jinoyatchilik dinamikasi va hududiy xususiyatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilmoqda.

Tahlillar asosida eng ko‘p uchraydigan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan xulosalar va takliflar ishlab chiqilmoqda, shuningdek, tegishli uslubiy va amaliy qo‘llanmalarni tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.