Akademiyada viloyatlar prokurorlari uchun maxsus seminar tashkil etildi

Akademiyada viloyatlar prokurorlari uchun maxsus seminar tashkil etildi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar prokurorlari ishtirokida jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish, mahalla jinoyatchiligini barvaqt oldini olish, energetik xavfsizligini ta’minlash hamda ijtimoiy sohalarda noqonuniy holatlarni jilovlash faoliyatini tashkil etishga oid bilim va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar doirasida viloyat prokurorlari uchun Akademiyada seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbirda jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish jinoyatchilikni tahlil qilish, ularni oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda korrupsiyani yangi, raqamli ko‘rinishlari, jumladan kiber korrupsiyaga qarshi samarali kurashish bo‘yicha mustahkam huquqiy baza yaratish borasida o‘zaro fikr almashildi.

Bundan tashqari, prokurorlar huquqni muhofaza qilish organlari uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yuzasidan Akademiyada joriy etilgan ta’lim dasturlari, shuningdek, kiberlaboratoriya, kriminalistik poligon, kriminalistik laboratoriya, sud imitatsiyasi zali hamda boshqa amaliy va simulyatsion o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish imkonini beradigan zamonaviy ta’lim infratuzilmasi bilan tanishtirildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar Akademiyada tashkil etilgan Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatiga oid taqdimot bilan tanishdilar.