Jinoiy aktivlarni qaytarish sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Jinoiy aktivlarni qaytarish sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Jahon banki hamda BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Jinoiy aktivlarni qaytarish tashabbusi (StAR) ekspertlari bilan ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda StAR tashabbusi ekspertlari V.Kasko, L.Pop va G.Kroni, shuningdek BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari O.Shtolpe hamda loyiha koordinatori A.Irmanovlar ishtirok etishdi.

Tadbirda jinoiy aktivlarni qaytarish, xususan G‘arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining jinoiy aktivlarni qaytarish bo‘yicha idoralararo tarmog‘i (ARIN-WCA) va uning doimiy kotibiyati sifatida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi faoliyati hamda istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zaro muloqotda ushbu tarmoq va kotibiyat to‘g‘risida umumiy ma’lumot olinib, uning faoliyatini takomillashtirish va kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi hamda kelgusi hamkorlik rejalari belgilandi.