Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi vakillari bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi vakillari bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Turkiya Respublikasi Toshkentdagi elchixonasining ichki ishlar bo‘yicha maslahatchilari general-leytenant Semix Okyar hamda Selim Ariji bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda mehmonlarga Akademiya faoliyati yo‘nalishlari, ta’lim jarayonlari va infratuzilmasi, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot berilib, Turkiyaning huquqni muhofaza qiluvchi organlari tegishli ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan akademik mobillik, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, ilmiy tadbirlar, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda tanishuv tashriflarini tashkil qilish, o‘quv jarayonlariga malakali ekspertlarni jalb qilish va shu kabi boshqa masalalar muhokama qilindi.

O‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida tomonlar Akademiya bilan Turkiya milliy politsiya akademiyasi hamda Jandarmeriya va sohil xavfsizligi akademiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumlarni imzolash masalasini ko‘rib chiqishlarini bildirishdi.

Konstruktiv ruhda o‘tkazilgan tadbirda tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olishdi.