Mahallalarda kriminogen vaziyatni o‘rganish ishlari davom etmoqda

Mahallalarda kriminogen vaziyatni o‘rganish ishlari davom etmoqda


Akademiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Akademiya mutaxassislari tomonidan jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan mahallalardagi jinoyatchilik holatiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash va har tomonlama tahlil qilish maqsadida Toshkent shahar Mirobod tumanida kompleks o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Ushbu tadqiqot doirasida tumanning “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan 38 ta mahallasi o‘rganildi.

Har bir mahalladagi jinoyatchilik vaziyatiga ta’sir etuvchi omillarni har tomonlama tahlil qilish natijasida huquqbuzarliklarning o‘ziga xos xususiyatlari baholandi va manzilli profilaktika tizimini joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqildi.

Ushbu takliflar huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan hududiy “yo‘l xaritalari”ga kiritilishi nazarda tutilgan.