Dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

Dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzuridagi Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishida Akademiya mustaqil izlanuvchisi Sh.Sh.Uzakovning “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosligi bo‘yicha “Dastlabki tergovda jabrlanuvchining huquqlari va qonuniy manfaatlarini prokuror tomonidan himoya qilish masalalari” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasining himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadqiqot doirasida dastlabki tergovda jabrlanuvchining huquqlari va qonuniy manfaatlarini prokuror tomonidan himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi milliy qonunchilik hamda amaliyotni rivojlantirishga qaratilgan nazariy qoidalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Dissertatsiya himoyasi natijasiga ko‘ra, Kengash a’zolari tomonidan tadqiqotchi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun loyiq deb topildi.

Akademiya jamoasi Shuhrat Sharapovich Uzakovni dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi!