O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari S.Noshadi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda prokuratura xodimlari uchun so‘z erkinligi, axborotdan foydalanish, jurnalistlar xavfsizligini ta’minlashga oid xalqaro standartlarga oid mavzularni Akademiyaning ta’lim dasturlariga integratsiya qilish, mavzu bo‘yicha o‘tkazilgan mintaqaviy o‘quv kurslarini boshqa hududlarda ham tashkil etish, prokurorlar uchun media bilan muloqot qilishga oid tavsiyanomalar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
O‘zaro muloqotda tomonlar hamkorlikda amalga oshirilayotgan yuqoridagi qo‘shma loyiha doirasidagi navbatdagi rejalar va qadamlarni belgilab oldilar.