Abdulla Qodiriy tavallud kuniga bag‘ishlangan kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi

Abdulla Qodiriy tavallud kuniga bag‘ishlangan kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida milliy qadriyatlarimizni, ma’naviy merosimizni va urf-odatlarimizni keng targ‘ib etish maqsadida tashkillashtirilgan “Talabalik bahori” an’anaviy festivali tadbirlari davom etmoqda.

Festival doirasida buyuk yozuvchi, o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Qodiriy tavallud kuniga bag‘ishlangan kitobxonlik tanlovi tashkil etildi.

Tadbirda Qodiriy ijodi va hayotini chuqur o‘rgangan taniqli adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori, professor Sanobar To‘laganova hamda yozuvchining chevarasi Mahzuna Qodiriy ham ishtirok etishdi.

Mazkur tanlov Akademiya talabalarida kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, adabiy bilim va dunyoqarashni kengaytirish, shuningdek, milliy adabiyotimizning ildizlariga nisbatan hurmat va muhabbat uyg‘otishga qaratildi.

Tadbir yakunida g‘oliblar esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi.