Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Notarial palatasi mas’ul xodimlari va tajribali mutaxassislari – Yakkasaroy va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar D.G‘ofurova hamda N.Meyliyevalar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda Akademiya bakalavriatining “Tergov faoliyati” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishib, ular Notarial palata faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Seminarda fuqarolik huquqining dolzarb muammolari, xususan, vorislik va meros, qonun va vasiyat bo‘yicha vorislik, merosni egallash masalalari mavzusida huquqni qo‘llash amaliyotida uchrayotgan muammolar va ularning yechimi borasida muhokamalar o‘tkazildi.
Seminar-trening davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.