Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzida xalqaro tadbirlar

Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzida xalqaro tadbirlar

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan YEXHTning Loyihalar koordinatori, BMTning GJK boshqarmasi hamda “Regional`niy dialog” XNTning ko'magida 2018 yilning 14-24 noyabr kunlari Akademiyada davlat idoralari xodimlari, tadbirkorlik sub'ektlari, sog'liqni saqlash tizimi, siyosiy partiyalar hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun davlat va biznes sektorlarida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida bir qator xalqaro seminar, davra suhbati va treninglar o'tkazildi.

“Davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida idoraviy choralar samaradorligini oshirish” xalqaro seminarda, “Davlat xizmatchilari tomonidan odob-ahloq qoidalariga rioya etish” davra suhbatida,   “Davlat sektorida korrupsion xavflarni aniqlash” treningda, “Huquqni muhofaza etuvchi organlar tomonidan odob-ahloq qoidalariga rioya etish” treningda dalat sektorida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi.

24-noyabr` kuni “Fuqarolik jamiyati institutlarida odob-ahloq qoidalariga rioya etish”deb nomlangan treningda NNT va OAV vakillari (60 ishtirokchi) korrupsiyaga qarshi kurash to'g'risida batavsil ma'lumot olishdi.

Tadbirlarning maqsadi – Xorijiy davlatlarda, davlat boshqaruvida va xususiy sektorlarida korrupsiyaga qarshi qonunchilik rivojlanishi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha xalqaro standartlar va ijobiy ilg'or tajribalarni joriy qilish, korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini tubdan oshirishga qaratilgan.

Tadbirda 900 nafardan ortiq ishtirokchilar - Idoralararo komissiya a'zolari, davlat organlarining rahbarlari, idoraviy muvofiqlashtiruvchilari, IIV, XTM, OTV, sog'liqni saqlash, mehnat, iqtisodiyot, moliya, adliya vazirliklari, DBQ, DSQ, siyosiy partiyalar NTT,  O'zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi, Bosh prokuratura xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Latviyaning Korrupsiyaga qarshi byurosining iste'fodagi rahbari YEXHT va Yevropa Kengashining korrupsiyani oldini olish bo'yicha xalqaro eksperti Yaroslav Strel`chenok, “Regional`niy dialog” XNT eksperti Goran Klemenchich hamda BMTning UNP eksperti Konstantin Polikarski davlat organlari xodimlari tomonidan aktivlar va manfaatlar to'qnashuvini elektron deklaratsiyalashni joriy qilish amaliyotining samaradorligi, moliyaviy aylanmalarning shaffofligini ta'minlash haqidagi ma'lumotlarni taqdim etdi hamda mazkur sohadagi xorijiy davlatlar tajribasini onlayn tartibda namoyish qildi.