Ozarbayjon Respublikasi Moliyaviy monitoring xizmati delegatsiyasi tashrifi

Ozarbayjon Respublikasi Moliyaviy monitoring xizmati delegatsiyasi tashrifi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga Ozarbayjon Respublikasi Moliyaviy monitoring xizmati boshqaruvi raisi Z.Fatizade boshchiligidagi delegatsiya tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif davomida delegatsiyaga Akademiyaning tuzilmasi va asosiy faoliyat yo‘nalishlari, prokuratura va tergov organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish tizimi hamda o‘quv jarayoni to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, delegatsiya vakillari Akademiyaning moddiy-texnik bazasi, tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan infratuzilma, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, yuridik klinika, kriminalistik poligon, laboratoriyalar, sud imitatsiyasi xonasi va boshqa amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishga mo‘ljallangan maxsus xonalar, shuningdek, axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishdilar.

Akademiyaning ilm-fan, ta’lim va amaliyotning o‘zaro uyg‘unligiga asoslangan ta’lim faoliyati mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.