Huquqni muhofaza qilish akademiyasi axborot-ta’lim portali negizida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning surishtiruv va tergov tuzilmalari xodimlari uchun tashkil etilgan masofaviy elektiv kurs yakunlandi.
Mazkur kursda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qo‘mitasining 110 nafardan ortiq tergovchi va surishtiruvchi xodimlari ishtirok etdi.
Elektiv kurs jinoyat va hodisa bo‘yicha birlamchi harakatlarni amalga oshirish, hodisa joyini ko‘zdan kechirish, bedarak yo‘qolgan shaxsni qidirish, pora olish va qasddan odam o‘ldirish jinoyatlarini tergov qilish usullari borasidagi bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishdan iborat bo‘lib, to‘liq masofaviy tarzda tashkil etildi.
Tinglovchilar jinoyatlarni tergov qilish usullari va metodikasini o‘rganish, shuningdek mustaqil ish yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar.
Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga elektron sertifikatlar taqdim etildi.
Ijtimoiy so‘rovnoma so‘rovnoma vositasida o‘rganilgan fikr-mulohazalar umumlashtirilib, kelgusida elektiv kurslarni yanada samarali tashkil etishga yo‘naltiriladi.