Jinoyat-ijroiya qonunchiligini qo‘llashda nazariya va amaliyot uyg‘unligi

Jinoyat-ijroiya qonunchiligini qo‘llashda nazariya va amaliyot uyg‘unligi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Jinoyat-ijroiya qonunchiligini qo‘llashda nazariya va amaliyot uyg‘unligi” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Sudyalar oliy maktabi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida sudlar tomonidan mahkumlarga nisbatan tayinlangan jazo choralarining ijro etilishini hamda jazo choralarini o‘tayotgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash orqali qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari muhokama etildi.

Mavzu doirasida so‘zga chiqqan ma’ruzachilar amaliyotda mavjud bir qator muammolar xususida fikr va mulohazalar bildirdilar.

Tadbir davomida soha yo‘nalishi bo‘yicha kadrlarni tayyorlash nazariya va amaliyotning uyg‘unligini ta’minlash orqali amalga oshirilishining ahamiyati alohida qayd etildi.

Davra suhbatida Huquqni muhofaza qilish akademiyasining katta o‘qituvchisi, adliya katta maslahatchisi M.M.Mirsalixov tomonidan oliy o‘quv muassasalarining talabalari uchun tayyorlangan “Jinoyat-ijroiya huquqi” darsligining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari mazkur darslikning ahamiyatini qayd etib, hurmatli Ustoz Mirzafar Mirsalixovni qutlug‘ 70 yoshlari bilan muborakbod etdilar.