Belorussiya Respublikasiga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillaridan iborat delegatsiya Tergov qo‘mitasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif doirasida delegatsiya Belorussiya Tergov qo‘mitasida joriy etilgan “Sled” axborot tizimining ishlash mexanizmi va uning imkoniyatlari bilan tanishdi. Shuningdek, sud ekspertizalarini o‘tkazishda axborot texnologiyalaridan foydalanish tartibi bo‘yicha tajriba almashildi.
Tomonlar tergov amaliyotida axborot tizimlaridan foydalanish, jinoyatlarni tergov qilish jarayonlarini raqamlashtirish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida zamonaviy IT-yondashuvlarni joriy etish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.