Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi xodimlari uchun Internet tarmog‘ida voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarni amalga oshiruvchi shaxslarni aniqlash, ularning noqonuniy faoliyatini to‘xtatish, shuningdek, ushbu maqsadda dasturiy ta’minotni yaratish va undan samarali foydalanishga qaratilgan seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Bir haftalik o‘quv tadbiri doirasida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashishga oid milliy qonunchilik, kompyuter-texnika va mobil kriminalistika, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Seminar-trening ishtirokchilari bilim va malakasini oshirish bilan birga, o‘z kasbiy faoliyatida ilg‘or usullar va texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.