Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda, Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i X.Tursunbekov Qashqadaryo maktabgacha ta’lim va maktab ta’lim boshqarmasi va ta’lim muassasalari mas’ul vakillari va o‘qituvchilari ishtirokida ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va o‘quvchilari uchun Virtual akademiyada joylashtirilgan o‘quv materiallaridan samarali foydalanish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.
Unda ishtirokchilarga Virtual akademiya platformasi, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va o‘rta maktab muassasalari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” maxsus o‘quv kursi, “Ilk qadam” dasturi, “Tarbiya” va “Davlat va huquq asoslari” fanlari doirasida tayyorlangan o‘quv materiallaridan foydalanish tartibi batafsil yoritib berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish borasida Virtual akademiya imkoniyatlaridan yanada keng foydalanishga qaratilgan fikr-mulohazalar bildirildi.