Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish masalalari muhokama etildi

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish masalalari muhokama etildi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasi rahbariyati huquqni muhofaza qilish organlarining ilmiy-ta’lim muassasalari tomonidan mahallalardagi jinoyatchilik vaziyatini ilmiy yondashuv asosida o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda ishtirok etdi.

Tadbir Toshkent shahar prokurori E.Yuldashev va shahar IIBB boshlig‘i R.Sultonxo‘jayev raisligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga biriktirilgan mahallalar, jumladan poytaxtning Bektemir, Yashnobod va Mirobod tumanlaridagi jinoyatchilik vaziyatini ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

Zamonaviy tadqiqot usullarini joriy etish, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish va mahalla faollarini jamoat xavfsizligini mustahkamlash jarayonlariga jalb qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Mutaxassislarning xulosalari va takliflari mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha joriy yilning ikkinchi choragi uchun rejalashtirilgan yo‘l xaritalarining asosini tashkil etdi.