Ijtimoiy va iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini ta’minlashning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan malaka oshirish kurslari yakunlandi

Ijtimoiy va iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini ta’minlashning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan malaka oshirish kurslari yakunlandi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida viloyatlar va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning tegishli tarmoqlari xodimlari hamda tuman (shahar) prokurorlarining sohaviy yordamchilari uchun “Ijtimoiy va iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini ta’minlashning dolzarb masalalari” mavzusida malaka oshirish kurslari yakunlandi.

Kurs aralash ta’lim formatida tashkil etilib, unda tinglovchilar ishdan ajralmagan holda masofaviy ta’lim oldilar hamda olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida Akademiyada kunduzgi ta’lim tarzida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar.

Kurs dasturi doirasida Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan joylardagi ijtimoiy va iqtisodiy sohadagi qonunchilik ijrosi ustidan ta’sirchan prokuror nazoratini ta’minlash borasida belgilangan chora-tadbirlarni sifatli amalga oshirish, o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar hamda aniqlanayotgan tizimli muammolarni qonuniy hal etish, nazorat tadbirlari yakuni bilan qarorlar qabul qilishda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va boshqa dolzarb masalalarga oid kasbiy kompetensiyalar, boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish, shuningdek qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Malaka oshirish kursi yakunida tinglovchilar tomonidan qonunchilik bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflarning muhokamasi tarzida yakuniy imtihon o‘tkazildi.