Talabalarning Shon-sharaf muzeyiga tashrifi

Talabalarning Shon-sharaf muzeyiga tashrifi


Akademiyada talaba va tinglovchilar ishtirokida 9-may  – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar turkumi tashkil etilib kelinmoqda.

Talabalarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, ularda o‘z xalqini ulug‘lash, mehr-oqibat ko‘rsatish, qadrlash kabi insoniylik fazilatlarini yanada rivojlantirish maqsadida bakalavriat 1-kurs talabalarining G‘alaba bog‘idagi Shon-sharaf muzeyiga tashrifi tashkil etildi.

Muzeyda talabalar o‘zbek xalqining ikkinchi jahon urushi yillaridagi shonli tarixi, xalqimizning front va front ortida ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklari bilan tanishtirildi.

Ushbu tashrif yoshlarimizda bugungi osoyishtalik, musaffo osmon, tinchlik qanchalik bebaho ne’mat ekanligi, uni ko‘z qorachig‘idek asrab avaylash har birimizning burchimizning ekanligi yana bir bor anglab yetdilar. 

Bu kabi tadbirlar talabalarni yuqorida belgilangan maqsadlarga erishish sari tizimli va doimiy ravishda tashkillashtirilishi rejalashtirilmoqda.