Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ye.V.Kolenko boshchiligida Akademiya ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3 yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son Qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan ishlar tizimli va izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi o‘rganish ishlari Toshkent shahri Mirobod tumanida olib borilib, tumanning “Lolazor” mahallasida Oliy Majlis Senati Qo‘mita raisi A.Eshmuratov boshchiligidagi guruh, Akademiya boshligi birinchi o‘rinbosari Ye.V.Kolenko tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari, mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, hududda jinoyatchilikni jilovlash va korrupsiyani, shu jumladan maishiy korrupsiya holatlarining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga, Akademiya tomonidan ishlab chiqilgan, jinoyatchilikning alohida turlarini jilovlashga qaratilgan uslubiy qo‘llanmalar tuman huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.