Samarqand viloyatida ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish hamda yoshlarning aksilkorrupsiya sohasida bilimlarini oshirish bo‘yicha seminar

Samarqand viloyatida ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish hamda yoshlarning aksilkorrupsiya sohasida bilimlarini oshirish bo‘yicha seminar


Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi orqali aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish maqsadida Akademiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ye.V.Kolenko boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan joylarda sayyor tadbirlar o‘tkazib borilmoqda.

Navbatdagi sayyor tadbirlar Samarqand viloyatidagi tashkil etilib, dastlab ishchi guruh vakillari Samarqand davlat universiteti rahbariyati hamda universitet huzurida tashkil etilgan huquqiy targ‘ibot guruhi a’zolari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

Shundan so‘ng, SamDU talabalari uchun Ye.V.Kolenko va Markaz boshlig‘i X.Tursunbekov tomonidan ta’lim tizimidagi korrupsiya va uning oldini olish, Virtual akademiya elektron platformasida talabalarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.

Aynan shu mavzudagi seminar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari uchun ham o‘tkazildi.

Sayyor mashg‘ulotlar keyingi kuni Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida davom ettirildi. Aralash shaklda tashkil etilgan seminarda boshqarma, tumandagi maktabgacha ta’lim hamda maktab ta’limi bo‘linmalari rahbariyati va boshqa mas’ul vakillar qatnashib, ularga tizimda maishiy korrupsiyaga barham berishga oid tushuntirishlar, shuningdek tarbiyalanuvchilar va o‘quvchilar uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasida o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Akademiya tomonidan joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi sayyor tadbirlar davom ettirilmoqda.