Hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida seminar-trening

Hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida seminar-trening


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi vakillari, sudyalar, Ixtisoslashtirilgan prokurorlar korpusi xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar Palatasi vakillari hamda Akademiya professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Odil sudlovda taraflar tortishuvi va ishlarni hal qilish funksiyalarining o‘ziga xos jihatlari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirda jinoyat protsessual qonunchiligining taraflar tortishuvi tamoyilining odil sudlovdagi ahamiyati, ayblash, himoya qilish va ishni hal qilish vazifalarining o‘ziga xos jihatlari, sud muhokamasida dalillarni taqdim etish, tekshirish va baholashda prokurorlar va advokatlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar sud amaliyotidagi muammolar tahlili asosida muhokama etildi.

Seminar-treningda hamkor tashkilotlar vakillari kun tartibiga qo‘yilgan masala doirasida mavjud muammolar xususida batafsil to‘xtalib, amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan fikr va mulohazalar bildirdilar.