Akademiya bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar diqqatiga

Akademiya bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar diqqatiga


Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-apreldagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 48-bandiga asosan, Akademiya bakalavriatining «Tergov faoliyati» yo‘nalishiga qabul doirasida maxsus psixologik tanlov va yozma imtihonda ishtirok etish uchun barcha talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Nomzodlarga bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamiga to‘lovni amalga oshirish lozimligi haqida SMS xabar yuborilgan.

Shu munosabat bilan, nomzodlarga to‘lovlarni tezkorlik bilan amalga oshirish zarurati eslatiladi (invoys shaxsiy kabinetda ko‘rinadi).