Akademiya bakalavriati talabalari uchun malakaviy amaliyot jarayoni davom etmoqda.
Bakalavriatning “Tergov faoliyati” harbiylashtirilgan yo‘nalishi talabalari hududiy ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalariga, harbiylashtirilmagan yo‘nalishi talabalari prokuratura organlarining tergov tarmoqlariga, “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishi talabalari tuman (shahar) prokuraturalariga malakaviy amaliyotni o‘tamoqda.
Malakaviy amaliyotni tashkil etishda talabalarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, maxsus kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish, jinoyat ishlari bo‘yicha mustaqil ish yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratildi.
Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan hududlarda talabalarning malakaviy amaliyot o‘tash jarayoni monitoringi yuritilib, malakaviy amaliyot dasturida belgilangan vazifalarni bajarish, surishtiruv va dastlabki tergov harakatlarini o‘rganish, jumladan protsessual hujjatlar namunalarini tayyorlashda ish beruvchi tashkilot vakillari bilan birgalikda uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda.