1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan Yunusobod tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda Yunusobod tumanidagi alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan 87-sonli maktabda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Bayram tadbirida Akademiya rahbariyati, xodimlari va talabalari, Yunusobod tumani prokuraturasi rahbar va xodimlari, 13-sonli Musiqa va san’at maktabi, tuman Madaniyat bo‘limi vakillari, 87-sonli maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida mazkur maktab o‘quvchilari o‘zlarining badiiy chiqishlari, raqs va qo‘shiqlari bilan ishtirok etdilar.

Tadbirga tashrif buyurgan xonandalar chiqishlari, tumanda joylashgan 13-sonli Musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishi va chiqishlar tadbir ishtirokchilari uchun haqiqiy bayram muhitini yaratdi.

Har bir chiqish – raqslar, qo‘shiqlar, ko‘ngilochar sahnalar va boshqa ko‘rgazmalar katta olqishlar bilan qo‘llab-quvvatlandi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni – bu hayot sharoitlari tufayli hozirda muhofaza va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan bolalarga e’tibor qaratish va yordam berishga chaqiriqdir, shuningdek, jamiyatga bola huquqlarini himoya qilishning zarurligini unutmaslik haqida eslatmadir.

Xalqaro bolalarni muhofaza qilish kuni – bu xursandchilik, umid va tabassumlar bayrami bo‘lib, bu kunda barcha kattalar, jamiyatimizning har bir a’zosi birlashib, har bir bola uchun xavfsiz va baxtli bolalik yaratish g‘oyasi atrofida birlashadi.