Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “O‘zbekistonda boshqaruvni yaxshilash: inklyuziv korrupsiyaning oldini olish” loyihasi doirasida “Mintaqaviy muloqot” nodavlat notijorat tashkiloti ko‘magida jinoiy odil sudlov jarayonida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirishga qaratilgan amaliy trening o‘tkazildi.
Trening jinoyat huquqi va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro ekspertlar: Kventin Rid, Goran Klemenchich va Shayen Sharbatke tomonidan loyihani amalga oshirish jalb etilgan Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ilmiy-ta’lim markazi xodimlari uchun tashkil etildi.
O‘tkazilgan tadbir mutaxassislar malakasini oshirishga xizmat qilgani barobarida, tajriba almashish va kasbiy aloqalarni mustahkamlash uchun samarali platforma sifatida xizmat qildi.
Tadbir yakunlari korrupsiyaga qarshi kurash va huquqni muhofaza qiluvchi barqaror institutlarni rivojlantirish sohasidagi keyingi hamkorlik uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qildi.