“Birgalikda korrupsiyaga qarshi” mavzusida yoshlar tanlovi o‘tkazilmoqda

“Birgalikda korrupsiyaga qarshi” mavzusida yoshlar tanlovi o‘tkazilmoqda


Yosh avlod e’tiborini korrupsiya muammolariga qaratish, ularning ijodiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi tomonidan “Birgalikda korrupsiyaga qarshi” mavzusida yoshlar tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlovga 10-25 yosh oralig‘idagi yoshlar quyidagi 3 ta nominatsiya bo‘yicha ishtirok etadilar:

·     “Eng yaxshi plakat” (kompyuter dasturlari, planshetlar yordamida grafik tarzda qilingan, A3 formatda (297x420 mm) 15 mb dan oshmaydigan ishlar);

·     “Eng yaxshi rasm” (qo‘lda chizmachilik aksessuarlari – qalam, flomaster, rangli qalamlar, bo‘yoqlar, eskiz markerlari yordamida qo‘lda tayyorlangan A3 formatda (297x420 mm) 15 Mb dan oshmaydigan ijod namunalari);

·     “Eng yaxshi videorolik” (umumiy hajmi 300 Mb oshmaydigan, 3840x2160 o‘lchamdan ortiq bo‘lmagan, mp4 formatda).

Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari Tanlov ramzlari tushirilgan faxriy medallar, esdalik sovg‘alari, elektron sertifikatlar, shuningdek boshqa sovrinlar bilan taqdirlanadilar.

Tanlov yakunlarini sarhisob qilish, g‘olib va sovrindorlarni e’lon qilish 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan o‘tkaziladi.

Izoh: arizalar qabuli www.anticorruption.life sayti orqali joriy yil 1-maydan 1-oktyabrgacha davom etadi.