2025-yil 1-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha maxsus psixologik tanlov va yozma imtihon (diktant) o‘tkazildi.
Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida tashkil etildi va unda 2,4 ming nafardan ortiq talabgor ishtirok etdi.
Maxsus psixologik tanlovda talabgorlarga 50 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 40 daqiqa vaqt berildi.
Yozma imtihon esa audiomatn asosida diktant shaklida o‘tkazildi.
Maxsus psixologik tanlovda ham, yozma imtihonda ham maksimal ball 100 ballni tashkil etadi. Imtihon natijalari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tekshirilib, Akademiyaga taqdim etiladi.