Yoshlarda korrupsiyaga toqatsizlikni shakllantirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv tadbirlari

Yoshlarda korrupsiyaga toqatsizlikni shakllantirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv tadbirlari


Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida respublika, hududiy va tuman (shahar) targ‘ibot guruhlari a’zolari uchun “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida o‘quv seminarlari tashkil etildi.

O‘quv dasturiga asosan Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i X.Tursunbekov tomonidan Yoshlar ijod saroyida aralash tarzda o‘tkazilgan o‘quv tadbirida respublika bo‘yicha targ‘ibot guruhlarining ming nafardan ortiq a’zolari uchun “Korrupsiyaning huquqiy oqibatlari va javobgarlik” mavzusi doirasida ma’ruza qilinib, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar, uning oqibatlari va aybdorlarga qo‘llaniladigan jazo choralari, korrupsiyaga qarshi birgalikda qarshi kurashish xususida taqdimot qilindi.

Shuningdek, yoshlarni korrupsiyaga toqatsizlik ruhida tarbiyalash, ularda halollik, qonunga itoatkorlik munosabatini shakllantirish maqsadida Virtual akademiya elektron platformasi yordamida ta’lim olish imkoniyatlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.