O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga qabul e’lon qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga qabul e’lon qilinadi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2025/2026 o‘quv yili uchun magistraturaning quyidagi, ya’ni “Prokurorlik faoliyati”, “Prokurorlik faoliyati” (kechki va masofaviy), “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” hamda “Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash” mutaxassisliklariga qabul 10-iyundan – 31-iyulga qadar “mydtm.uz” elektron platformasi (my.uzbmb.uz) orqali tashkil etiladi.

«Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash» mutaxassisligiga Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan ilovadagi nufuzli xalqaro IT-sertifikatga ega nomzodlar tanlovning «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan imtihon topshirishdan ozod etiladi hamda ushbu yo‘nalishga o‘qishga qabul qilingan tinglovchilarning oxirgi egallab turgan lavozimi bo‘yicha belgilangan tartib va miqdorda mehnatga haq to‘lash fondi to‘lovlari (pul ta’minoti) saqlanadi.

Yangi o‘quv yilida magistraturaning ushbu mutaxassisliklari bo‘yicha ta’limning kunduzgi shakli uchun jami 65 ta, kechki shakli uchun 10 ta, masofaviy shakli uchun 35 ta qabul parametrlari quyidagicha tasdiqlanmoqda:

‒“Prokurorlik faoliyati”–15 ta (6 tasi davlat granti, 9 tasi to‘lov kontrakt asosida);

‒“Korrupsiyaga qarshi kurashish” – 15 ta (6/9);

‒“Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” – 15 ta (6/9);

–“Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash” – 20 ta (6/14).

Bunda, prokuratura organlari xodimlari uchun qabul parametrlari soni davlat granti asosida jami 20 ta (har bir mutaxassislik uchun 5 tadan) etib belgilangan.

Ochiq tanlov bo‘yicha (tashqi nomzodlar uchun) qabul parametrlari soni davlat granti asosida jami 4 ta (har bir mutaxassislik uchun 1 tadan), to‘lov kontrakt asosida jami 36 ta (har bir mutaxassislik uchun 9 tadan) etib belgilangan.

Xususan, “Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash” mutaxassisligi bo‘yicha ta’limning kunduzgi shakli uchun jami 6 ta davlat granti asosida hamda 14 ta to‘lov – kontrakt asosida qabul parametrlari tasdiqlanmoqda.

Ushbu ta’lim shakli bo‘yicha prokuratura organlari xodimlari uchun 5 ta (davlat granti asosida), ochiq tanlov bo‘yicha (tashqi nomzodlar uchun) 1 ta (davlat granti asosida) va 9 ta (to‘lov - kontrakt asosida) hamda vakolatli davlat organlari xodimlari uchun 5 ta (to‘lov - kontrakt asosida) o‘rin nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, “Prokurorlik faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’limning kechki shakli uchun jami 10 ta (to‘lov – kontrakt asosida) qabul parametrlari tasdiqlanmoqda.

Mazkur ta’lim shakli ochiq tanlovi bo‘yicha (tashqi nomzodlar uchun) – 10 ta o‘rin nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, “Prokurorlik faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’limning masofaviy shakli uchun jami 5 ta davlat granti asosida va 30 ta to‘lov - kontrakt asosida qabul parametrlari tasdiqlanmoqda.

Ushbu ta’lim shakli bo‘yicha prokuratura organlari xodimlari uchun 5 ta davlat granti asosida, 10 ta to‘lov – kontrakt asosida hamda ochiq tanlov bo‘yicha tashqi nomzodlar uchun 10 ta (to‘lov - kontrakt asosida) hamda vakolatli davlat organlari xodimlari uchun 10 ta (to‘lov - kontrakt asosida) o‘rin nazarda tutilmoqda.

Ochiq tanlov bo‘yicha davlat granti asosida qabul qilingan tinglovchilarga qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorda har oylik stipendiya to‘lanadi.

Tanlovlar avgust oyida o‘tkaziladi.

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: http://lex.uz/uz/docs/6425532.

Akademiya magistraturasiga kirish imtihonlari bilan bog‘liq yangiliklar Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz), ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

www.facebook.com/ProsecutorAcademy,

www.instagram.com/proacademyuz/,

https://t.me/TheLawEnforcementAcademy,

http://x.com/ProAcademyUz,

https://www.youtube.com/@HMQakademiyasi, hamda ommaviy axborot vositalari orqali tanishib borishingiz mumkin.

Shuningdek, Akademiya magistraturasiga qabul bilan bog‘liq ma’lumotlarni 71-202-04-96 (ichki: 1795 va 1716) telefon raqami orqali ham bilib olishingiz mumkin.