Mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan ishlar tizimli davom etmoqda

Mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan ishlar tizimli davom etmoqda


Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3 yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan ishlar tizimli va izchil davom ettirilmoqda.

Akademiya tomonidan mahallalardagi jinoyatchilik vaziyatini ilmiy yondashuv asosida navbatdagi o‘rganish ishlari Toshkent shahrining Mirobod tumanida olib borilib, tumanning “Ming o‘rik”, “Movarounnahr” va “Oybek” mahallalarida jinoyatchilikni jilovlash, mahalla faollarini jamoat xavfsizligini mustahkamlash jarayonlariga keng jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Akademiya ishchi guruhining hududdagi kriminogen vaziyatning kundalik tahlili asosida ishlab chiqqan xulosalari va takliflari mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirishga ijobiy hissa qo‘shmoqda.

Tumanning “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan har bir mahallasidagi jinoyatchilik vaziyatiga ta’sir etuvchi omillarni har tomonlama tahlil qilish natijasida huquqbuzarliklarning o‘ziga xos xususiyatlari baholanib, manzilli profilaktika tizimini joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar berib borilmoqda.

Hududlarda mazkur yo‘nalishdagi tizimli ishlar izchil davom ettiriladi.