Akademiya vakillarining Idoralararo komissiya yig‘ilishida ishtiroki to‘g‘risida

Akademiya vakillarining Idoralararo komissiya yig‘ilishida ishtiroki to‘g‘risida


Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida Jinoiy daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Komissiya yig‘ilishida Oliy sud, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Markaziy bank, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va boshqa idoralarning rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar bilan bir qatorda jinoiy daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimi ishtirokchilarini o‘qitish masalasi ham muhokama qilindi.

Akademiya vakili tomonidan bu sohada maxsus o‘quv dasturlari asosida davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilanganligi qayd etilib, ishtirokchilarga bu borada amalga oshirilgan ishlar va mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Komissiya yig‘ilishi yakuni bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.