O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.
Akademiyada raqamli ta’lim tizimlarini joriy etish va ularni rivojlantirish doirasida Java dasturlash tilida yuqori malakali mutaxassisni vaqtinchalik asosda jalb etish zarurati mavjud.
Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.
Java dasturchi quyidagi vazifalarni bajarishi lozim: Akademiya ta’lim platformalari, ma’lumotlar bazasi, hisobot tizimlari va boshqa axborot tizimlarini ishlab chiqish hamda qo‘llab-quvvatlash, Java (Spring Boot) asosida veb-dasturlar va REST API servisini ishlab chiqish, Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash (PostgreSQL, MySQL), Tizimlarning xavfsizligi, barqaror ishlashi va samaradorligini ta’minlash, Texnik topshiriq va talablar asosida kod yozish, hujjatlashtirish, yuz berish mumkin bo‘lgan xatolarni bartaraf etish, Akademiyada ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotni testdan o‘tkazish va foydalanuvchilarni o‘qitishda ishtirok etish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar: Java dasturlash tili bo‘yicha oliy ma’lumot (yoki sertifikatlar, kurslar)
Java Core: OOP, Collection Framework, Exception Handling, Multithreading.
Spring Boot: REST API, Spring Security, Spring Data JPA, Validation.
Ma’lumotlar bazasi: PostgreSQL yoki MySQL (bo‘yicha CRUD, JOIN, INDEX, optimize, stored procedures).
Front-end asoslari: HTML, CSS, JavaScript (ta’lim tizimi uchun talab etiladigan darajada).
Version control: Git, GitHub/GitLab.
Build tools: Maven yoki Gradle.
Testlash: JUnit, Postman bilan REST API testlash.
Docker – asosiy tushunchaga ega bo‘lishi.
CI/CD jarayonlaridan xabardorligi (Jenkins, GitHub Actions – afzallik).
Qo‘shimcha shartlar: Ish muddati – 6 (olti) oy. Kelgusida zaruratga ko‘ra, fuqarolik mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilinishi mumkin.
Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi asosida belgilanadi.
Ish vaqti – haftasiga 5 kun, kuniga 8 soat (40 soatlik ish rejim).
Ish joyi – Akademiya binosida jismoniy hozirlikda yoki shartnomada ko‘rsatilgan holda gibrid shaklda.
Talablar: Tashabbuskorlik, jamoa bilan hamnafas ishlash, Mustaqil fikr yuritish va muammolarni hal etish qobiliyati, Berilgan vazifalarni o‘z vaqtida va aniq bajarish.
Talabgor Akademiya Kadrlar bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ta’lim olganlik haqida diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng zaruratga ko‘ra talabgor bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.
Hujjatlarni topshirish muddati: 2025-yil 21-iyulga qadar.
tel: 71 202-04-96 (1761)