O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi xodimi A.O.Xalmuratov AQSH Davlat departamenti tomonidan tashkil etilgan Xalqaro tashrif buyuruvchilar yetakchiligi dasturi (IVLP) doirasidagi “Odam savdosi: oqibatlarining oldini olish va yumshatish II” mavzusidagi o‘quv kursda ishtirok etdi.
Ushbu tadbirda Albaniya, Bangladesh, Braziliya, Bolgariya, Daniya, Italiya, Iordaniya, Malayziya, Chernogoriya, Filippin, Singapur, Tayvan, Tanzaniya, Tayland, Sharqiy Timor va O‘zbekiston kabi qator davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.
O‘quv mashg‘ulotlarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar va amaliy seminarlar o‘tkazildi:
· Odam savdosiga qarshi kurashishda zamonaviy usul va vositalar;
· Bolalar va ayollar savdosi, majburiy mehnatga qarshi kurashishdagi AQSH amaliyoti;
· Tergov va prokuror nazoratini samarali tashkil etish;
· Migrantlar huquq va erkinliklarini himoya qilish;
· Raqamli texnologiyalar orqali odam savdosini aniqlash usullari;
· Yashirin sxemalar va odam savdosining global tendensiyalari;
· Mehnat muhojirlarining ishga joylashuvini monitoring qilish;
· Jinoiy, ma’muriy, fuqarolik-protsessual va tezkor-qidiruv choralari.
Shuningdek, Akademiya vakili Markaziy Florida universitetining (University of Central Florida) odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitish tizimi hamda ta’lim dasturlari bilan yaqindan tanishdi.
Ushbu xalqaro kurs ishtirokchilarga odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni chuqur o‘rganish, shuningdek, kelgusida o‘z mamlakatlarida bu sohadagi mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish imkonini yaratdi.