//= Yii::t('front', 'test_mode')
?>
O'zbekiston Respublikasi
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi
2025-yilning 1 yarmidagi faoliyat natijalarini sarhisob qilish va kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilash maqsadida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda Akademiyaning kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, faoliyatni ilmiy-uslubiy va psixologik jihatdan ta’minlash, o‘quv-tarbiya jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Shu bilan birga, 2025-yilning ikkinchi yarmi uchun belgilangan vazifalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi
Kengash yig‘ilishida tadqiqot ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlamasdan, Akademiya nizomi talablarini buzgani uchun 24 nafar mustaqil izlanuvchi mustaqil izlanuvchilar safidan chiqarilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, Akademiya professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar tomonidan tayyorlangan o‘quv adabiyotlari, monografiyalar va tadqiqot ishlari muhokama qilindi hamda ularni nashrga tavsiya etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Xususan, “Raqamli kriminalistika” xalqaro ilmiy-amaliy jurnali tahririyatining Nizomi loyihasi ma’qullandi.
Majlisda bakalavriat talabalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi va boshqa davlat stipendiyalariga nomzod sifatida tavsiya etish, shuningdek, prokuratura organlari tarmoqlarida stajirovka o‘tagan Akademiya xodimlarining hisobotlarini tinglash kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Akademiyada kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan amaliy tadqiqot loyihalari ko‘rib chiqilib, majlis kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham tegishli qarorlar qabul qilindi.