G‘arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining Aktivlarni qaytarish bo‘yicha idoralararo tarmog‘i (ARIN-WCA) va UNODC tomonidan “Aktivlarni qaytarish” masalalari bo‘yicha rejalashtirilgan xodimlarning malakasini oshirish tadbirlari muhokama qilindi

G‘arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining Aktivlarni qaytarish bo‘yicha idoralararo tarmog‘i (ARIN-WCA) Kotibiyati va BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha idorasi (UNODC)ning Afg‘oniston, Eron, Pokiston va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi vakillari uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda “Aktivlarni qaytarish” sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlar muhokama qilindi.

Tomonlar malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va mamlakatlar o‘rtasida samarali ma’lumot almashish mexanizmlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdilar.

Uchrashuv yakunida Tarmoqqa a’zo ishtirokchilar malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni shakllantirish va xodimlarda zarur ko‘nikmalarni takomillashtirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazib borishga kelishildi.